15:30 / 16.04.2018
3 587

O‘zbekistonliklar «Yandeks» kompaniyasining bepul Mobil ishlanmalar maktabida o‘qishi mumkin

O‘zbekistonliklar «Yandeks» kompaniyasining bepul Mobil ishlanmalar maktabida o‘qishi mumkin
«Yandeks» bepul Mobil ishlanmalar maktabiga qabul boshlanganini e’lon qildi, deb yozadi Daryo nashri.

Kompaniya xabarida aytilishicha, maktab Android uchun dasturlar yaratishga bag‘ishlanadi. «Yandeks» dasturchilari u yerda o‘qituvchilik qiladi.

Mobil ishlanmalar maktabi hatto shunchaki «o‘zi uchun» tajriba sifatida bo‘lsa ham, dastur yaratishga urinib ko‘rganlar uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, algoritmlarni bilish va Java bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi.

Maktabdagi mashg‘ulotlar iyulda boshlanadi, ular kechki payt 19:00 dan keyin o‘tkaziladi. Mobil ishlanmalar maktabida har qanday yoshdagi va mutaxassislikdagi kishilar o‘qishi mumkin: diplom va attestat talab etilmaydi.

Maktabga o‘qishga kirish uchun anketani to‘ldirish va sinov vazifasini bajarish kerak (tavsiflar va skrinshotlarga tayanib, galereya ko‘rinishidagi mobil dasturni yaratish lozim).

«Yandeks» nashrga ma’lum qilishicha, Mobil ishlanmalar maktabiga qabul sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekiston fuqarolarining Moskvagacha yo‘l xarajatlari va o‘qish davridagi yashash xarajatlari qoplab beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonliklar «Yandeks» kompaniyasining bepul Mobil ishlanmalar maktabida o‘qishi mumkin