20:23 / 27.04.2018
4 035

Roskomnadzor “VKontakte”, “Yandeks”, Twitter va Facebook IP-manzillarini blokladi

Roskomnadzor “VKontakte”, “Yandeks”, Twitter va Facebook IP-manzillarini blokladi
“VKontakte”, “Yandeks”, Twitter, Facebook va “Odnoklassniki” IP-manzillari Roskomnadzor tomonidan taqiqlangan saytlar reyestriga kiritildi. Bu haqda “Kommersant’”ga tayanib Kun nashri yozmoqda.

Xabar berilishicha, ro‘yxatdan shuningdek Yahoo va Liveinternet IP-manzillari ham joy oldi. Idora saytida xabar berilishicha, “VKontakte”ga tegishli bo‘lgan 87.240.129.133 manzili bloklangan. Shuningdek, ro‘yxatda Google'ning 33ta IP-manzili va Microsoft (29), Amazon (14) manzillari, “Yandeks” hamda Facebook’ning beshtadan manzili, Twitter’ning uchta va “Odnoklassniki”ning bitta manzili bor.

Usher2.Club yaratuvchisi va “Dremuchiy les” xosting-provayderi bosh direktori Filipp Kulinning so‘zlariga ko‘ra, reyestrdan MSK-IX internet-trafik almashish nuqtasi ham joy oldi, u tarmoq uskunalari va kompyuterlar ichki soatlari sinxronlashishiga javob beradi.

“Agarda IP-manzillarning bloklanishi atayin bo‘lsa, ikkinchi zarba bo‘ladi – bank aloqalari, yo‘naltirgichlar, DNS tizimi”, - dedi Kulin.

U bu Roskomnadzorning emas, balki jinoyatchilarning xatti-harakati bo‘lishi mumkin ekanini ham istisno etmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor YouTube va Gmail bo‘yicha izoh bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Roskomnadzor “VKontakte”, “Yandeks”, Twitter va Facebook IP-manzillarini blokladi