AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati AQShda Xitoyda ishlab chiqarilgan mobil qurilmalar savdosining taqiqlanishini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Wall Street Journal nashri ma’lum qildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy “milliy xavfsizlik manfaati yo‘lida” Xitoyning telekommunikatsion qurilmalari importini cheklovchi farmonni tayyorlamoqda. Taqiqlov Huawei va ZTE kompaniyalarini ham qamrab olishi mumkin.
Bu kompaniyalar mahsulotlari AQShning butun dunyo bo‘ylab harbiy bazalarida allaqachon sotilishi taqiqlangan. AQSh bu qarorini Xitoy maxsus xizmatlari bu qurilmalarda saqlanuvchi ma’lumotlarni qo‘lga kirita olishi bilan asoslamoqda.
Huawei va ZTE kompaniyalari bunga javoban hech qachon o‘z foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni razvedkaga topshirishmaganini aytishgan.
Xitoy smartfonlarining AQShda sotilishining taqiqlanishi Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushining yanada avjlashishiga olib kelishi mumkin. AQShda 3-4 may kunlari Xitoy delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi va unda tomonlar savdo sohasidagi ochiqcha ixtilofdan qochishga harakat qilib ko‘rishadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Mirjalol Qosimov: "O‘g‘limning goli haqida gapirishni istamayman. Ishxonada u futbolchi, uyda esa o‘g‘lim"
Putin 16—17 may kunlari strategik hamkorlik borasida uchrashuv o‘tkazish uchun Xitoyga boradi
Insondagi intellektual faollik qaysi yoshga to‘g‘ri keladi?