Har yili bo‘lib o‘tadigan dasturchilarning F8 anjumani doirasida «Facebook» kompaniyasi o‘zining deyarli barcha servislariga yangiliklar joriy etilganini ma’lum qildi. Jumladan, kompaniyaga qarashli «WhatsApp» messenjeri ham chetda qolmagan, deb xabar berdi «Xabar.uz».
«WhatsApp» dunyodagi eng mashhur messenjer bo‘lishiga qaramasdan, u o‘z imkoniyatlari jihatidan raqobatchilardan sezilarli darajada orqada. Shu sababli dasturchilar ushbu muammoga yechim topishga kirishdi. Joriy etilajak yangiliklardan biri — guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish funksiyasi hisoblanadi. Hozircha u haqida batafsil ma’lumotlar kam, biroq taqdim etilgan tasvirlarga ko‘ra, «konferensiyada» bir vaqtning o‘zida to‘rttagacha foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.
Ikkinchi yangilik — stikerlarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi. Endilikda servisning o‘zinikidan va boshqa dasturchilar tomonidan yaratilgan stikerlardan ham foydalanish mumkin.
So‘nggi yangilik «WhatsApp»dan ish qurilmasi sifatida foydalanadiganlar uchun. Joriy yil boshida «Android» qurilmalarga «WhatsApp For Business» chiqarilgan edi. Mazkur servis bepul edi, biroq tez orada servisda pulli funksiyalar ham paydo bo‘la boshlaydi. Bu orqali mijozlarni jalb etish maqsad qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)