Avvalroq, «Samsung» kompaniyasining ekran ostidagi biologik tanib olish texnologiyasiga ega ilk flagmani «Note 9» bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Fabletning joriy avlodida skaner an’anaviy ravishda orqa panelga joylashtirilgan, deb xabar beradi «Xabar» nashri.
Keyinroq tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, kompaniya ushbu texnologiyani ishga tushirishga hali tayyor emas ekan. Barcha umid 2019 yilning yanvarida taqdim etilishi kutilayotgan «Galaxy S10»dan, deyiladi xabarda. Yubiley qurilmada qandaydir o‘ziga xos xususiyat bo‘lishi kerak: egiluvchan ekran yoki hech bo‘lmaganda ekran ichiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri.
Koreyada tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, texnologiyaning aniqligi va chidamliligini oshirish uchun kompaniya o‘zining ultratovushli yechimini ishlab chiqmoqda. Mazkur texnologiya ancha qimmat va uni ommaviy ishlab chiqarishda qo‘llash qiyin. Xabar berilishicha, «Samsung»ning ultratovushli ekranosti barmoq izi skaneri ustidagi ishlar yakunlangan, ammo «Galaxy S10» chiqadigan vaqtgacha uning mahsuldorligi va aniqliligi yaxshilanishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi