«VKworld» kompaniyasi yangi himoyalangan «VK7000» smartfonini taqdim etdi. Smartfonning o‘ziga xos jihati u ichiga suv va chang kirishidan mutlaq himoyalangan, deb xabar beradi «Xabar» nashri.
Shuningdek, ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, mazkur qurilma suvda cho‘kmas ekan. Bundan tashqari smartfonga keng sig‘imli akkumulyator, ikkitalik kamera, yuzni skanerlash va simsiz quvvatlantirish funksiyasi o‘rnatilgan.
«VKworld VK7000» maxsus himoya g‘ilofiga egaligi sabab suvda cho‘kmaydi. Smartfon IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan, bu esa unga bir metr chuqurlikdagi suv ostida tura olish imkoniyatini taqdim etadi.
Smartfonga 5,2 dyuymli HD-displey, «MediaTek MT6750T» protsessori, 4 gigabayt tezkor xotira, 64 gigabayt ichki xotira, 16 va 5 megapikselli ikkitalik kamera o‘rnatilgan. Frontal kamerasi esa 13 megapiksellga teng. Akkumulyator sig‘imi 5 600 mA/soatni tashkil etadi.
Ayni vaqtda «VKworld VK7000»ni 149 dollar evaziga xarid qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Global Janub kimniki?
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi