date
views 5 159

Toshkent IIBB YPX yangi turdagi video qayd etish moslamasini sinovdan o‘tkazmoqda

Toshkent IIBB YPX yangi turdagi video qayd etish moslamasini sinovdan o‘tkazmoqda
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati
Toshkent shahar IIBB YPX o‘z mashinalarida yangi turdagi video qayd etish moslamasini sinovdan o‘tkazmoqda, deb yozadi Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Daryo nashri.

Yangi moslamaning boshqalaridan farqi shundaki, u nafaqat tashqi tarafni, balki bir vaqtning o‘zida YPX avtomobili salonining ichini ham tasvirga oladi. Uzluksiz ishlab turuvchi qurilma kodlangan bo‘lib, YPX xodimining uni o‘chirib yoqishi, tasvirlarni yo‘q qilishining imkonsiz. Bu esa birinchidan, YPX xodimi ishining shaffofligini ta’minlasa, ikkinchidan, xizmat majburiyatlari ijrosini nazorat qilish ishlarini osonlashtiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkent IIBB YPX yangi turdagi video qayd etish moslamasini sinovdan o‘tkazmoqda