22:21 / 27.05.2018
3 749

«Telegram» messenjeri egasini terrorchilar bilan hamkorlik qilganlikda ayblashmoqda…

«Telegram» messenjeri egasini terrorchilar bilan hamkorlik qilganlikda ayblashmoqda…
Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalarni nazorat qilish qo‘mitasidagilar bu masalada yetarlicha dalillar hozirlab qo‘yilganini ta’kidlashdi. Messenjer egasining dunyoda faoliyati taqiqlangan jangari guruhlarga aloqadorligini federal xavfsizlik xizmatidagilar ham tasdiqlashdi.

Ular aytib o‘tishdiki, «Telegram» egasi Pavel Durov saytda jangarilar o‘zaro aloqada bo‘lib, yangi terror harakatlari sodir etish, «IShID» kallakesar jangarilar guruhiga yoshlarni, yangi kuchlarni jalb etish bilan shug‘ullanishganini bilgan va ko‘rib turgan. Demak u terrorchilarning yetakchilari bilan hamkorlik qilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shu sababli yuqori tashkilotlarga o‘z mijozlarining yozishmalarini taqdim etishdan bosh tortgan bo‘lishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Telegram» messenjeri egasini terrorchilar bilan hamkorlik qilganlikda ayblashmoqda…