Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi mart oyida dunyo bo‘yicha qancha smartfon sotilgan-u, qaysi model eng ommabop bo‘ldi, degan savolga javob topishga urinib ko‘rdi. Ma’lum bo‘ldiki, xaridorlar eng ko‘p iPhone X’ni ma’qul ko‘rishibdi. Tahlilchilarning bashorati unchalik qo‘tarinki bo‘lmasa–da, «olmali» smartfon nafaqat mart oyida, balki yilning birinchi choragi bo‘yicha ham eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘lgan. Ushbu model mart oyida sotilgan jami gadjetlarning 3,5 foizini tashkil etgan.
Ko‘p sotilgan gadjetlar orasida iPhone 8 Plus ham ilg‘or sanaladi. Chunki u 2,3 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Uchunchi o‘rin esa, qutilmaganda arzon Xiaomi Redmi 5A’ga tegdi. Juda arzonligiga qaramay, ushbu qurilma qo‘shimcha imkoniyatlar bilan boyitilib, ishlash samaradorligi ham ortgan, shu bois ham u foydalanuvchilarning sevimli gadjetiga aylandi. Uning bozordagi ulushi mart oyida 1,8 foizni tashkil etdi.
Shunday qilib, Xiaomi Redmi 5A dunyodagi eng ommabop Android-qurilmaga aylandi va bu yutuq shubhasiz, Xiaomi’ni o‘z tarixida ilk bor liderlar safidan joy olishga imkon berdi.
Manba: terabayt.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi!