
Yaqinda Buxoroda “Yosh ixtirochi” deb nomlangan ko‘rik tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Buxoro viloyatida yashovchi jami 30 nafar yosh ixtirochilar ishlab chiqarish, sayyohlik va qishloq xo‘jaligiga oid ixtirolari bilan faol ishtirok etdi. Tanlovga tashrif buyurganlarning e’tibori esa Buxoro tumanidagi professional kollej talabasi Dilyor Ergashev yaratgan “aqlli uy”ga qaratildi. Dilyorning aytishicha, “aqlli uy” masofadan turib boshqariladi. Ya’ni, siz maxsus pult yordamida besh kilometr masofadan turib uy ichkarisida nimalar bo‘layotganini aniqlay olasiz.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Buxoro tumaniga qarashli sayyohlik kolleji talabasi Ulug‘bek Bafoyev, G‘allasiy professional kolleji talabasi Dilnoza G‘anijonovalar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va diplomlar taqdim etildi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar