date
views 3 165

Facebook yana bir mojaroga aralashib qoldi

Facebook yana bir mojaroga aralashib qoldi
Foto: Karen Ducey/Getty Images
AQShda Vashington shtati bosh prokurori Bob Fergyuson Facebook va Google kompaniyalarini sudga berdi, bunga siyosiy reklama to‘g‘risidagi qonunga rioya etilmayotgani sabab bo‘lgan. Bu haqda shtat prokuraturasi saytida xabar qilindi.

«Robert Fergyuson saylov kampaniyalari moliyalashtirilishi bo‘yicha da’vo arizalari bilan chiqdi. Ularda aytilishicha, Facebook va Google Vashington shtatida siyosiy reklamaga aloqador bo‘lgan, qonun bilan talab etiluvchi ma’lumotni saqlamagan», - deyiladi xabarda.

Bosh prokuror ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan kompaniyalar reklamaga homiylik qilgan tashkilotlar haqidagi axborotni taqdim etmagan. Shuningdek, uning qiymati va joylashtirish muddatini xabar berishmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook yana bir mojaroga aralashib qoldi