00:53 / 09.06.2018
4 663

O‘zbekistonda kobeydjing plastik kartalari muomalaga chiqariladi

O‘zbekistonda kobeydjing plastik kartalari muomalaga chiqariladi
Yagona umumrespublika protsessing markazi va «UnionPay International» xalqaro to‘lov tizimi o‘rtasida kobeydjing kartalarini muomalaga chiqarish bo‘yicha ilk shartnoma imzolandi. Ushbu hujjat O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida imzolandi.

Uchrashuv «Uzcard» va «UnionPay International» o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Uchrashuv doirasida ikkita to‘lov tizimini qabul qiladigan kobeydjing kartalarini chiqarishga oid masalalar muhokama qilindi. Dual kartalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha birinchi a’zo-bankni aniqlash kelishuvning muhim bandlaridan biri bo‘ldi. Natijada «Aloqabank» tanlanib, aynan unda UnionPay Internationalning ilk kobeydjing kartalari chiqariladi.

Imzolangan kelishuv «Uzcard» yagona to‘lov tizimi orqali dual kartalardan nafaqat O‘zbekiston hududida, balki chet elda ham «UnionPay International» to‘lov tizimi yordamida foydalanish imkonini beradi.

Shu sabab Uzcard kompaniyasi UnionPay International bilan hamkorlikda qator talablarni bajarishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ayni paytda plastik kartalarni chiqarish uchun uskunalar xarid qilinmoqda. Bugungi kunda yuqorida ko‘rsatilgan kelishuv ishtirokchilari bilan hamkorlikda sinov tartibida ilk kobeydjing kartalari chiqarilmoqda.

Shuningdek, barcha elektron dasturiy texnik uskuna terminallarining dasturiy ta’minotini qayta sozlash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bu esa yaqin kunlarda barcha elektron dasturiy texnik uskuna terminallari «UnionPay International»ning xalqaro kartalarini qabul qilishini anglatadi. «Uzsard» kartalarini qabul qiluvchi barcha bankomatlar xalqaro sertifikatsiyadan o‘tgan va UnionPay kartalariga xizmat qilishga tayyorlanmoqda. Bankomatlar kechayu kunduz ishlashini hisobga olib, ulardan qay biri UnionPay kartalarini qabul qilishini qurilmaga yopishtirilgan logotip yordamida aniqlash mumkin.

Bundan tashqari, endi mamlakatimizga sayohat qilish istagida bo‘lgan sayyohlar mahalliy pul birligini bankomatlar orqali yechib olishlari va UnionPay plastik kartalari yordamida elektron dasturiy texnik uskuna orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Kobeydjing kartalari oddiy kartalardan nimasi bilan farq qiladi? Ularning asosiy xususiyati bir qancha to‘lov tizimidan foydalanishdadir. Bunday kartaning old tomonida ular ulangan to‘lov tizimi logotiplari mavjud. Kobeydjing kartalarini chiqarish uchun ikki to‘lov tizimi o‘rtasida o‘zaro bitim tuzilishi kerak. Shundan so‘ng banklar, ularning tegishli to‘lov tizimlarida ishlashini kafolatlagan holda plastik kartalarni chiqaradi. Bunda ikkala tizim ham bitta karta hisobraqami bilan ishlaydi.

Kobeydjing kartalari foydalanuvchilar, to‘lov tizimlari, ularni chiqarayotgan banklarga ham birdek foyda keltiradi. Bunday karta egasi bir vaqtning o‘zida bir nechta qulayliklarga ega bo‘ladi. Birinchidan, kobeydjing kartalaridan o‘z mamlakati chegarasida ham foydalanish mumkin (masalan, agar bir ulangan tizim Visa, MasterCard, UnionPay bo‘lsa). Bunda hech qanday sozlama yoki qo‘shimcha harakatlar talab etilmaydi – faqatgina savdo nuqtasi to‘lov tizimlaridan biri bilan ishlayotganiga ishonch hosil qilish kifoya. Ikkinchidan, agar mamlakatda xorijiy to‘lov tizimidan biri ishlashdan to‘xtasa, mahalliy to‘lov tizimidan foydalanish imkoniyati saqlanib qoladi. Uchinchidan, karta egasi bir kartadan foydalana turib, har bir to‘lov tizimidagi imtiyozlarni qo‘lga kiritadi.

Endi O‘zbekistonda foydalanish va chet elda xarid qilish uchun ikkita turli kartalarni ochishga hojat yo‘q. Konversion kartalarini ochishga ehtiyoj ham qolmaydi. Foydalanuvchilar internet-do‘konlardagi haridlarni kobeydjing kartalari bilan to‘lashlari va uni o‘zlari bilan xorijga olib ketishlari ham mumkin. Magnit chizig‘i bo‘lganligi sabab, xaridlarni kartani kardrider bo‘ylab o‘tkazish orqali oson amalga oshirish mumkin. Bunda, shuningdek, maxfiy so‘zni kiritish orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati saqlanib qoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda kobeydjing plastik kartalari muomalaga chiqariladi