Foto: «NYMag»
«Apple» kompaniyasi har bir inson o‘zining arterial qon bosimini o‘lchashda ishlatishi mumkin bo‘lgan qurilma dizaynini patentladi. Mazkur texnologiya «Apple Watch» «aqlli» soatlarining kelgusi avlodlarida qo‘llanilishi mumkin, deb yozadi «Xabar» nashri.
Ta’kidlanishicha, patentda qurilmaning umumiy jihatlari haqida so‘z boradi. Xususan, yangi gadjetga arterial qon bosimini o‘lchovchi datchiklar o‘rnatilgan.
«Apple» patentiga ko‘ra, ularning qurilmasiga foydalanuvchining oyoq yoki qo‘lidagi tomirlardan o‘tuvchi qon bosimini o‘lchaydigan bitta datchik o‘rnatilishi kerak. Shuningdek, «bajaruvchi mexanizm» ham bo‘lib, u siz uchun qaysi bosim yaxshi ekanligini ko‘rsatib turadi.
Agarda «Apple» mahsuloti ommaviy ravishda ishlab chiqariladigan bo‘lsa, bu dunyoda yuqori bosim muammolari tez-tez kuzatiladigan davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hozircha kompaniya yangi qurilmani alohida ishlab chiqarishi yoki «Apple Watch» platformasiga integratsiyalashtirishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»