00:13 / 10.06.2018
3 721

«Samsung» o‘zining «maxfiy» tugmalarini namoyish etdi

«Samsung» o‘zining «maxfiy» tugmalarini namoyish etdi
Foto: «Hi-tech.mail.ru»
Hozirda ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skanerlari yangi trendga chiqmoqda va «Samsung» bir nechta variantlarni o‘z qurilmalarida qo‘llashni rejalashtirmoqda (masalan, ultratovushli). Kompaniyaga tegishli patentlarda foydalanuvchilar uchun «jismoniy» va «yashirin» skaner tugmalari haqida so‘z boradi, deb yozdi «Xabar» nashri.

Yangi patentda keltirilishicha, «jismoniy» tugma va barmoq izi skaneri qurilmada qoladi, biroq ular ekran ostida joylashadi va foydalanuvchilar uning yordamida odatdagi amallarni bajarishlari mumkin. Bundan tashqari sozlamalar orqali tugma o‘lchamini o‘zgartirish ham mumkin.

Shuningdek, tugmalar vaziyatdan kelib chiqib turli funksiyalarni bajaradi, masalan, kamerani boshqarishi, mobil to‘lovlar tizimi dasturlarini va raqamli yordamchilarni tezda ochishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchilar uni o‘ziga ma’qul holatga sozlay ham oladi.

Smartfon ekrani korpusning 90 foizini egallaydi. Bu «Galaxy S9» flagmaninikiga qaraganda 6 foizga ko‘proq demakdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Samsung» o‘zining «maxfiy» tugmalarini namoyish etdi