Farzandi yig‘isining sababini bilolmagan ota-onaning ahvolini hech kuzatganmisiz? Jigarbandining bezovtaligi boisini tushunmagan yaqinlari o‘zlarini qo‘yarga joy topa olmaydi.
Bu kabi vaziyatlarga ko‘p guvoh bo‘lgan tinib-tinchimagan olimlar chaqaloq yig‘isini tarjima qiluvchi maxsus qurilma yaratdi.
“Cry Translator” (“Bola yig‘isi tarjimoni”) deb nomlanuvchi maxsus uskuna endilikda ota-onalarga yaqindan ko‘mak bera oladi. Mazkur qurilma bola yig‘laganda to‘g‘ri harakat qilish yo‘llari, uni tinchlantirish, shu bilan bir vaqtda kichkintoy bilan ilk bora tillashish usullarini o‘rgatadi. Yeng asosiysi yesa ushbu moslama shirintoy yaqinlarini ortiqcha tashvishga tushib, vahima qilishdan asraydi.
Ixtironing afzalliklari shundaki, u 96 foiz aniqlik bilan go‘dak yig‘isining sababini aniqlaydi. Boshqa qurilmalar (kichkintoy uchun mo‘ljallangan maxsus radio, smartfon, ichki telefon tizimi va boshqalar) bilan ulana oladi. U mittivoyning xohish-istagini tezda anglashga ko‘mak bergani bois, ota-onalar uchun yaqin yordamchi bo‘ldi.
Agar ushbu moslama chaqaloqning yonida bo‘lsa, LCD displeyda 3-5 soniya ichida beshta yemotsional yoki fiziologik holatdan biri – “och”, “zerikkan”, “noqulaylik”, “uyquchan”, “stress” degan so‘zlar namoyon bo‘ladi. Bu orqali yesa ota-onalar yoki yenagalar kichkintoyni tezda tinchlantirishlari mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu maxsus asbob tibbiy uskuna yemas, balki kichkintoyning yaqinlari uchun mittivoyni yaxshiroq tushunishga ko‘mak beruvchi vositadir.
Unutmang, chaqaloq hech qachon besabab yig‘lamaydi. U o‘zida bo‘layotgan holatni yig‘i vositasida namoyon qiladi.
Agar bolajonning bezovtaligi tinmasa, bu qurilma bilan cheklanib qolmay, albatta shifokorga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, mahsulotning yakuniy jarayoni hali ham rivojlanish bosqichida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»