Xitoyning ZKZM Laser kompaniyasi masofadan turib obyektlarni teshib o‘ta oluvchi lazer avtomat prototipini taqdim qildi. Mutaxassislarning aytishicha, quroldan namoyishlarni tarqatish, aksilterrorchilik amaliyotlari vaqtida foydalanish mumkin.
Model ZKZM-500 deb nomlangan va mashhur “Kalashnikov” avtomati kabi o‘lchamlarga ega. Qurilma 800 metrgacha lazer nurlarini chiqara oluvchi uzatkich bilan jihozlangan. Lazer oqimi tirik mavjudotlarga zarar yetkaza olmaydi, biroq fizik obyektlarni yo‘q qila oladi. Misol uchun, agar avtomatdan odamga qarab lazer otilsa, uning tanasiga shikast yetmaydi, biroq kiyimi yonib ketadi. Ammo ta’kidlash joizki, undan keyin badanda chandiqlar qoladi. Shu sababli avtomat qirg‘in keltiruvchi hisoblanmay, BMT tomonidan noinsoniy qurol deb tasniflana olmaydi.
Avtomat ixtirochilarining ta’kidlashicha, ZKZM-500 politsiya tomonidan turli maqsadlarda qo‘llanishi mumkin. Misol uchun, avtomobilga yo‘naltirilgan lazer mashinaning yonib, portlashiga olib kelishi mumkin. U, shuningdek, raqib texnikasini yo‘q qilish va diversiyalarda qo‘l kelishi mumkin, chunki u tomondan chiqariluvchi lazer inson ko‘zi tomonidan payqalmaydi.
Avtomatdan bir quvvatlanishida bir necha marta o‘q uzish mumkin. Avtomat taxminan 15 ming dollarga baholangan. Kelgusida u bilan politsiya va armiya qurollanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»