
O‘zbekistonda xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi soniyasigaa 140,034 Gbitga yetgan, ya’ni 2018 yilning boshiga nisbatan 1,5 barobar oshgan (yil boshida 94,034 Gbit/s). Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘lib o‘tgan va 2018 yilning I yarim yilligi sarhisoblariga bag‘ishlangan vazirlik Hay’at kengashining yig‘ilishida ma’lum qilindi.
2018 yil oxirigacha xalqaro internet kanallarining o‘tkazuvchanligini 8—10 barobar oshirib, soniyasiga 1 Tbitga yetkazish belgilab olindi. Shuning bilan birga, internet provayderlar uchun xalqaro internet kanallariga ulanish narxi o‘zgarishsiz qolgan – 244 985 so‘mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2018 yilning ikkinchi yarim yilligida xalqaro yetakchi telexauslarga ulanish nuqtalarini tashkil qilish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha yangi marshrutlarni bosqichma-bosqich tashkil qilish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish maqsadida mamlakat bo‘ylab 2 ming km lik optik tolali aloqa tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar