07:10 / 08.07.2018
5 552

Xiaomi o‘zining Redmi 6 Pro smartfonini Bali Blue rangida namoyish etmoqchi

Xiaomi o‘zining Redmi 6 Pro smartfonini Bali Blue rangida namoyish etmoqchi
Xiaomi kompaniyasi yaqinda Redmi 6 smartfonining Pro versiyasini namoyish qilgandi. Yangi qurilma beshta rang variantida ko‘rsatildi: Stone Black, Sand Gold, Cherry Blossom Powder, Lake Blue va Flame Red. Endi esa ishlab chiqaruvchi yana bir rang ustida ish olib bormoqda.

Tarmoqlarda Redmi 6 Pro’ning Bali Blue rangidagisi namoyish etilishi haqida xabar paydo bo‘ldi. Smartfon ertaga sotuvga chiqishi kerak (6 iyulda). Narxi 150 dollardan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, smartfon 5.84-dyuymli displey bilan ta’minlangan. Displeyning formati 2280 ga 1080 piksel, qirqmali va tomonlar nisbati 19:9. Qurilmaning ishlashini Snapdragon 625 chipi ta’minlaydi. Devays uch modifikatsiyali xotiraga ega: 3/32 GB, 4/32 GB va 4/64 GB. Bundan tashqari, Redmi 6 Pro katta sig‘imdagi akkumyatori biln ham maqtanishi mumkin, chunki uning sig‘imi 4000 mAch va qo‘sh asosiy kameraga ham ega.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi o‘zining Redmi 6 Pro smartfonini Bali Blue rangida namoyish etmoqchi