
Huawei “aqlli” soatiga patent rasmiylashtirdi, unda Bluetooth-quloqchinni ham o‘rnatsa bo‘ladi. Aksessuarni soat korpusida ham saqlasa bo‘ladi remenida.

Patent chizmalarini tahlil qiladigan bo‘lsak, xitoyliklarda simsiz garniturani ixcham joylashtirishning bir necha varianti bor. Birinchi variantda quloqchin o‘zi uchun soatning shoxlarida joy topadi yoki remenning maxsus joyiga o‘rnatiladi. Ikkinchi variantda esa, remenga maxsus qopqoqli kichkina keys mahkamlanadi. Ixcham quti magnitli mustahkamlagichda turadi.

Huawei’ning bo‘lajak smart-soatlaridagi quloqchinlari shovqin bosuvchi va suvdan himoyalagich texnologiyasi bilan ta’minlangan. Bluetooth-garnitura qo‘ng‘iroqlarni ham qabul qiladi, ovozni balandlatish va boshqa muhim vazifalarni ham bajaradi. Faqat qurilmaning qachon sotuvga chiqishi hozircha ma’lum qilinmayapti.
Manba: Terabayt “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar