12:57 / 05.08.2018
4 746

Kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi

Kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi
«Ehtimol, eshitgan bo‘lsangiz kerak, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) kompyuter o‘yiniga tobe’likni kasallik, deb hisoblamoqda. Bu gapni eshitib, hazil iboralar hayolingizga kelsa kerakda: «Bizning PUBG/«Tank» o‘yini ishqibozi bemorimiz qayerda?». Hazil emas, bunday bemorlarni hozirdanoq majburan davolashmoqda. Bir kun kelib oq halatlilar sizni kompyuter o‘yinlari sababli klinikaga olib ketgani kelsa, buning hech hayron qoladigan joyi yo‘q. Ayrim mamlakatlarda shunday qilishayapti ham», — deb yozmoqda «Terabayt.uz».

JST kompyuter o‘yiniga berilishni rasman kasallik deb tan oldi. Xo‘sh nima uchun bunday qarorga kelindi?

Tashkilot tarqatgan ma’ruzada ta’kidlanadiki, o‘yin ishqibozlari o‘yin chastotasini, seansning boshlanishi va tugashini, davomiyligini nazorat qila olmay qoladi. «O‘yinga berilish» diagnozi kishida bir yil mobaynida shunday hayot tarzi kuzatilsa qo‘yiladi va bu kishiga boshqa sohalardagi faoliyatida halaqit beradi. Dunyo bo‘yicha ushbu muammoga juda jiddiy qaralmoqda. Masalan Londondagi kasalxonalarning birida yaqinda tarmoqlar kasalligiga yo‘liqqanlarga mo‘ljallangan narkologiya markazi ochildi. U yerda kompyuter o‘yinlariga berilgan bemorlarni davolash bilan shug‘ullaniladi.

Bilasizmi, Xitoyda 350 million nafar geymer bor, bu AQSh aholisidan ham ko‘p, degani. Xitoy hukumati ushbu muammoni «uchinchi opium urushi» deb atamoqda.

Xitoylik ota-onalar o‘smirlarning o‘yinga tobeligini turli yo‘llar bilan davolashga harakat qilmoqda. U yerda og‘ir mehnat qildirib davolaydigan tarbiyaviy muassasalar juda ommalashib bormoqda.

O‘yinga tobe’likga qarshi kurashda yana bir o‘ziga xos chora, bu xakerlarni yollashdir, deyiladi xabarda. Masalan, xakerlar zamonaviy onlayn-o‘yinlarda mavjud bo‘lgan virtual mukofotlarni o‘chirib yuboradi va geymerning hafsalasini pir qilib, uni o‘yindan sovutishga harakat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi