AQShning Sandiya milliy laboratoriyalari 4-avloddagi F-15 “Strayk Igl” samolyotlaridan B61 yadro bombasining tashlanishi lavhalarini e`lon qildi.
Tegishli video tashkilotning YouTube-kanalida joylashtirilgan. Ta`kidlanishicha, bomba yadro zaryadisiz bo'lgan.
Lavhada bomba tashlanishining ikki holati ko'rsatilgan: birinchi holatda samolyot yadro qurolini katta balandlikdan, ikkinchisida esa 270 metrdan sal balandroqdan tashlagan. Bomba tushishi vaqtida uning orqasidagi parashyut ochilishini ko'rish mumkin.
Ma`lum qilinishicha, sinovlar Nevada shtatidagi Tonopa poligonida 2017 yilning 11 iyulida o'tkazilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar