12:44 / 23.08.2018
4 535

«Xiaomi» bugun yangi flagmanini taqdim etdi (foto)

«Xiaomi» bugun yangi flagmanini taqdim etdi (foto)
Foto: «Gizmotimes.com»
Avval xabar berganimizdek, bugun, 22-avgust kuni «Xiaomi» kompaniyasi yangi — «Poco» brendi ostidagi smartfonini Hindistonda rasman taqdim etdi. Yangi smartfon Hindistonda «Poco F1», Yevropada «Pocophone F1» nomi ostida sotiladi.

«Newsru.com» yozishicha, yangi smartfon 2246x1080 pikselli 6,18 dyuymli ekranga ega.

Protsessori — «Qualcomm Snapdragon 845». Operativ xotirasi — 6 va 8 GB, o‘rnatilgan xotirasi — 64, 128 va 256 GB ga teng.

Foto: «Androidheadlines.com»
Qo‘shaloq asosiy kamerasi 12 va 5 megapikselli bo‘lib, sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llaydi. Ort kamerasi esa naq 20 MP ko‘rsatkichga ega. Akkumulyatori sig‘imi — 4000 mAs. Smartfon barmoq izi skaneriga ega.

«Android 8.1 Oreo» platformasiga qurilgan ushbu smartfon Hindiston bozorida 29-avgustda paydo bo‘ladi. «Minimum» versiyasi (6 GB operativ xotira, 64 GB o‘rnatilgan xotira) uchun 300 dollar narx belgilangan. Kuchaytirilgan nusxalarini qo‘lga kiritish uchun 415-430 dollar sarflashga to‘g‘ri keladi.

«Phone Arena» ma’lum qilishicha, 27-avgustdan Indoneziya, Gonkong va Fransiyada «Pocophone F1» sotuvga chiqadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Xiaomi» bugun yangi flagmanini taqdim etdi (foto)