
10 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish amalga oshiriladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maʼlum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
1 oktyabrdan boshlab, Toshkent va Toshkent viloyati abonentlari uchun faqatgina 9 xonali telefon raqamlari amal qiladi.
Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish alohida jadval boʻyicha amalga oshiriladi va bu haqda qoʻshimcha tarzda maʼlum qilinadi.
Tezkor chaqiruv xizmatlari va qisqa 4 xonali raqamlarga qoʻngʻiroq qilish tartibi oʻzgarmaydi. Xalqaro formatda qoʻngʻiroq qilish tartibi oʻzgarmaydi (+998-xxxxxxxxx).
Raqamlar notoʻgʻri terilganda, bu haqda ogohlantiruvchi ovozli xabar tizimi yoʻlga qoʻyiladi (Hurmatli abonent, 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish munosabati bilan, abonent raqamini operator kodi bilan terishingizni soʻraymiz). Bundan tashqari qisqa 1192 raqami orqali tunu kun abonentlarni texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati faoliyat koʻrsatadi.

Foto: “Gazeta.uz”
Telefon raqami qaysi operatorga yoki viloyatga tegishli ekanligini www.rtmc.uz saytiga kirib, “Interaktiv xizmatlar” boʻlimidan, shuningdek, @uztbmbot telegram-boti yordamida aniqlash mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar