08:31 / 13.09.2018
3 983

BMW haydovchisiz boshqariladigan mototsiklni namoyish etdi (video)

BMW haydovchisiz boshqariladigan mototsiklni namoyish etdi (video)
BMW kompaniyasining mototsikl boʻlinmasi avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlangan mototsikl prototipini namoyish etdi. R1200GS deb nomlangan mazkur tajribaviy model oʻzi harakatlanishi, burilishi va toʻxtashi mumkin. Kompaniyadagilar bunday ishlanmalar mototsikllarda harakatlanish xavfsizligini oshiradi deb hisoblamoqda.

YouTube ʻdagi BMW Motorrad kanalida joylashtirilgan videolavha sharhida yozilishicha, kompaniya injenerlari mototsikllarga toʻsiqlarni aylanib oʻtishda xavfsiz yoʻllarni aytib turadigan va mushkul vaziyatlarda umumiy barqarorlikni oshiradigan elektron tizim oʻrnatishmoqchi.

2015 yilda Yamaha 200 ot kuchiga ega YZF-R1M sport mototsiklini boshqara oladigan robot yaratgandi. Motobot haqiqiy poygachilar bilan raqobat qilishi taxmin qilingandi. Honda kompaniyasining Riding Assist deb nomlangan ishlanmasi esa mototsikl rulini kerakli tomonga burish orqali uning muvozanatini saqlash, haydovchi holatini kuzatib borish xususiyatiga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » BMW haydovchisiz boshqariladigan mototsiklni namoyish etdi (video)