15:36 / 22.09.2018
5 180

Apple foydalanuvchilarni yashirin tarzda kuzatishi maʼlum qilindi

Apple foydalanuvchilarni yashirin tarzda kuzatishi maʼlum qilindi
Apple kompaniyasi iOS 12 operatsion tizimiga qoʻngʻiroqlar va elektron yozishmani kuzatib borish imkoniyatini yashirincha kiritib qoʻydi. Yangi ilova iTunes virtual doʻkonda maxfiylikka rioya etish qoidalarida paydo boʻldi, deb xabar beradi Kun.uz.

Nashrning yozishicha, Apple foydalanuvchilar ishonchini baholash uchun maʼlumotlarni toʻplashga kirishadi. Ushbu uslub firibgarlardan akkauntni himoya qilish hamda sotib olishni haqiqatdan ham real odam amalga oshirayotganini aniqlash imkonini beradi.

Kompaniyaning bildirishicha, shaxsiy maʼlumotlarga kirish imkoniga ega boʻlmaydi. “Maʼlumotni taqdim etish shunday tarzda amalga oshmoqdaki, bunda Apple qurilmangizning ushbu koʻrsatkichlari haqida maʼlumotga ega boʻlmaydi. Cheklangan vaqt davomida maʼlumot bizning serverlarimizda saqlanadi”, - deyiladi hujjatning yangilangan versiyasida.

iOS 12 17 sentyabr kuni chiqarildi. Iyun oyida yangilangan operatsion tizimning beta-versiyasi paydo boʻlib, uni istalgan foydalanuvchi oʻrnatishi mumkin edi. Yangilanishlarning aksariyati tezroq harakat qilish va ishni optimallashtirishga bogʻliq. Bundan tashqari, har hafta smartfon foydalanuvchi ilovalarda qancha vaqt sarflanganini koʻrsatadigan foydalanish jadvalini tuzib chiqadi hamda smartfonni ishlatish vaqtiga cheklov oʻrnatishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Apple ramkasiz ekranli yangi Apple Watch Series 4ʻni taqdim etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple foydalanuvchilarni yashirin tarzda kuzatishi maʼlum qilindi