
Zamonaviy Internet yaratuvchisi Timoti Berners-Li oʻzining yangi tarmogʻini yaratish haqida oʻylamoqda, u hozirgi tarmoqni almashtirishi kerak. Bu haqda Business Insiderʻga tayanib “Kun” nashri xabar bermoqda.
Oʻzining blogida ixtirochi Inrupt yangi tuzilmasini taqdim etdi, u Berners-Lining Solid loyihasini ochiq boshlangʻich kodi bilan taʼminlaydi. Mazkur tuzilmalar va Internet oʻrtasidagi asosiy farq - foydalanuvchilar maʼlumotlarni katta IT-kompaniyalarga bermasdan, ularni qayerda saqlashni oʻzlari tanlashi mumkin ekanida.
Internet yaratuvchisining maʼlum qilishicha, tarmoq hozirgi holatida “muhim burilish nuqtasiga yetdi”.
“Tarmoq adolatsizlik va boʻlinish vositasiga aylandi; u uni oʻz maqsadlari uchun ishlatayotgan qudratli kuchlar tomonidan boshqarilmoqda”, - deya taʼkidlab oʻtdi Berners-Li. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar