Foto: “Twitter”
Yana uch kundan keyin global internet tarmogʻida toʻxtalishlar boʻlishi mumkin. “BirminghamLive” xabar berishicha, bu texnik hodisa 11 oktyabrda yoki shundan ikki kun oʻtib sodir boʻlishi kutilyapti.
Gap shundaki, Domen nomlari va IP-manzillarni boshqaruvchi korporatsiya (ICANN) 11 oktyabrdan internetdagi ildiz domenlar tizimini himoyalovchi kriptografik kalitlarni almashtirishni boshlashga jiddiy va qizgʻin hozirlik koʻryapti.
Muammo bilan yuzma-yuz
Yangi kalitlarga oʻtish payti (bu jarayon “KSK Rollover” deb atalarkan) ayrimlarda internetga ulanishda muammolar kuzatilib, serverlar ishlamay qolishi ehtimolga yaqin. Misol uchun, siz brauzerning manzil qatoriga nomni kiritsangiz-u sayt ochilmasa, bilingki, biz aytgan muammo bilan yuzma-yuz kelib turibsiz...
Tarmoqqa ulanish muammosi 11 oktyabrdan yoki oradan 48 soat oʻtib (chunki koʻplab serverlar soʻrovlarning keshlangan versiyalarini oxirgi muvaffaqiyatli urinishdan soʻng ikki kungacha saqlaydi) boshlanishi ehtimoli bor.
“Ildiz domenlar”
“Ildiz domenlar” — siz brauzerga kiritadigan internet-manzilning oxirgi boʻlagi. Ular dunyoning turli burchaklaridagi turli kompaniyalar tomonidan boshqariladi. Masalan, ulardan eng mashhuri “VeriSign” kompaniyasi boshqarayotgan .com domeni. Britaniya domeni — .uk ni esa “Nominet” kompaniyasi boshqaradi.
Qulflarni almashtirish
Eski kalit “KSK-2010” deb atalardi, uning oʻrniga “KSK-2017” keladi. 11 oktyabrdan soʻng “KSK-2010” ishlamaydi. Bu oʻzgarishni eshik qulflarini yangisiga almashtirishga qiyoslash mumkin.
Almashtirishdan maqsad nima?
Kriptografik kalitlar kiberfiribgarlarga toʻsiq qoʻyish uchun joriy etilmoqda. Chunki nazariy jihatdan kuchli kompyuterlar, agar vaqt yetarlicha boʻlsa, kodni topishi mumkin ekan.
Yaxshi xabar shuki, mutaxassislarning ishontirishicha, aksariyat foydalanuvchilar internetda “global profilaktika” oʻtkazilganini hatto sezmay ham qolisharkan.
Shunisiga umid qilamiz! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»