Foto: «The Atlas»
Dunyodagi eng tez suratga oluvchi kamera yaratildi: bir soniyada 10 trillion kadr — ilgari hech bir qurilma buni eplay olmagan. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qiladi.
Tadqiqotchilar — «Caltech» hamda «INRS» muhandislari tasvirga ishlov berish yangi texnikasini yaratish uchun femtosekundli va statik kameralardan foydalanishdi.
— Faqat femtosekundli kameradan foydalansak, suratlar sifati yaxshi chiqmasdi, shuning uchun statik tasvirga mo‘ljallangan yana bir kamera qo‘shdik. Bu tandem bir soniyada o‘n trillion kadr olishni ta’minladi, suratlar sifati o‘ta yuqori, — dedi tadqiqotchilardan biri Lixun Van.
Qurilma mualliflari ishlanma yorug‘lik va materiya o‘rtasidagi o‘ta tez o‘zaro ta’sirlarni o‘rganayotgan olimlarga juda qo‘l kelishini ta’kidlashmoqda.
O‘ta tez ro‘y beruvchi voqealarni tuta oluvchi bu kamera fizika va biologiyaning yangi sirlarini ochishi mumkin. Tadqiqotchilar bu bilan qanoatlanib qolishmoqchi emas, endi ular 10 trillion/soniya kadrdan yuqoriroq cho‘qqini ko‘zlashyapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

iPhone X kamerasi professional fotoapparat bilan taqqoslandi. Natijalar...

Eng yaxshi surat oluvchi kamerafonlar, ularning yurtimizdagi narxlari – Top-7

Apple xodimi iPhone 8’ning inqilobiy texno-jihatini aytdi

Panasonic yuqori kadr chastotasiga ega yangi kamerani tayyorlamoqda

Rekord tezlikka ega kamera taqdim qilindi

1 soniyada 100 milliard kadrni suratga oladigan kamera yaratildi