Amerikaning "Palm" kompaniyasi 2010 yildan beri birinchi marta smartfonlar bozoriga qaytdi. Kompaniya ekran diagonali 3,3 dyuymli ixcham smartfon chiqardi.
Uning o‘lchamlari 2007 yili chiqarilgan ilk "iPhone"nikidan ham kichkina, shu bois, ba’zi tahlilchilar uni “xuddi kredit kartadek hajmda” deb ta’riflamoqda.
Displey kichkina ekanligiga qaramay, boshqa barcha jihatlari bo‘yicha u "Android 8.1" operatsion tizimida ishlaydigan odatdagi zamonaviy smartfon. Unga "Snapdragon" 435 protsessori, 3 gigabayt operativ xotira, 32 gigabaytli ichki xotira hamda 800 mAs quvvatli batareya o‘rnatilgan.
"Palm"ning bayonotiga ko‘ra, qurilma “kuni bo‘yi” ishlay oladi. Mabodo akkumulyatori “o‘tirib qolsa” ham, 31 daqiqada 50 foizgacha, 68 daqiqada 100 foizgacha quvvatlantirish mumkin. "Palm"ning old qismida frontal kameradan boshqa hech narsa bo‘lmasa-da, u yuzni tanish texnologiyasi orqali ekranni blokdan chiqarish imkonini taqdim etadi.
Kompaniya kichik displeyga yaxshi ko‘rinishi uchun "Android"ning interfeysini qayta ishlagan, shu bois, uning ekranida mobil dasturlar xuddi “belgilar buluti” kabi ko‘rinib, qaysidir ma’noda "watchOS"ning interfeysini ham eslatib yuboradi.
Vaziyatga qarab, ixcham "Palm" smartfonini fitnes-bilaguzuk yoki velokompyuter sifatida ishlatish mumkin. Kompaniya buning uchun 2018 yil noyabrida qo‘shimcha aksessuarlar chiqarishni rejalashtirgan.
"Palm" hozircha faqat AQSh da, "Verizon" mobil aloqa operatori orqali 349 dollardan sotiladi. Qurilmani boshqa mamlakatlarga ham chiqarish rejalari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Jahondagi ilk egiluvchan ekranli yig‘iluvchi smartfon 1 noyabrdan sotuvga chiqadi

Rossiya brendi 3 kungacha quvvatlanmasdan ishlay oladigan smartfon taqdim etdi

Suvda cho‘kmaydigan, simsiz quvvatlanadigan smartfon taqdim qilindi

50 kungacha quvvatlanishsiz ishlay oladigan smartfon sotuvga chiqarildi

Sharp Aquos S2: yapon texnologiyasi o‘rtacha narxda

LG kompaniyasi bira to‘la to‘rtta smartfon taqdim etdi