23:30 / 21.10.2018
4 901

"Telegram" asoschisi Pavel Durov "WhatsApp" va "Facebook"ni tanqid qildi

"Telegram" asoschisi Pavel Durov "WhatsApp" va "Facebook"ni tanqid qildi
"Telegram" asoschisi Pavel Durov "WhatsApp" va "Facebook"ni foydalanuvchilarga nisbatan munosabati uchun tanqid qildi. Bu haqda ishbilarmon o‘zining "Telegram"dagi kanalida yozib qoldirgan.

Durovning fikricha, Brayan Ekton va Yan Kum kompaniyani tark etganidan so‘ng "WhatsApp" foydalanuvchilarning talablariga javob bermay qo‘ygan.

“WhatsApp" asoschilarining ketishi – o‘z kompaniyangni sotish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligining yaqqol namunasi. Siz pulli bo‘lasiz, biroq undan qadrliroq narsa – yaxlitlik va millionlab odamlar hayotiga bundan keyin ham yaxshilik olib kirish imkonidan mahrum bo‘lasiz”, – deb yozdi Pavel Durov.

2018 yil oktyabrida "Facebook" kompaniyasi "WhatsApp" messenjerida reklama orqali pul ishlashga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi. Ko‘p o‘tmay xakerlar messenjerdagi xatolikdan foydalanib, foydalanuvchilarning videoqo‘ng‘iroqlar vaqtidagi yozishmalarini o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.

“O‘tgan hafta "WhatsApp"ning xavfsizlik tizimida ko‘p yillardan beri maxfiy bir tuynuk mavjudligi oshkor bo‘ldi: kim bilan videoaloqa o‘rnatsangiz, u sizning yozishmalaringizni o‘qishi mumkin bo‘lgan. Hatto bunday tuynuklar endi bo‘lmasa ham (bunga ishonish qiyin) "WhatsApp"da uchinchi shaxslar yozishmalarni o‘qishiga imkon beradigan boshqa kamchiliklar bor”, – dedi Pavel Durov.

"WhatsApp" yangi ishga tushgan vaqtda maxfiylik va reklamaning bo‘lmasligi uning asosiy tamoyillaridan biri edi. Durovning ta’kidlashicha, servisning hozirgi muammolari uchun foydalanuvchilarning manfaatlaridan ko‘ra o‘z manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yayotgan "Facebook" kompaniyasi javobgar.

“Facebook"ka o‘xshash kompaniyalar oxir-oqibat o‘z va’dalarini bajarmaydi, chunki ular foydalanuvchilarning manfaatlaridan ko‘ra daromadni yuqoriroq baholaydi. "Telegram"ning boshqa servislardan farqi ham shunda: biz uchun har doim eng muhim bo‘lib qoladigan jihat – sizning manfaatlaringiz”, – deya qayd etdi Pavel Durov.

Avvalroq Pavel Durov 2018 yildan "Telegram" orqali pul ishlashni maqsad qilganini bildirgandi. Biroq bu "Telegram"ni sotish bilan bog‘liq emas. Durovning so‘zlariga ko‘ra, messenjerni 3 milliard dollardan 5 milliard dollargacha baholagan xaridorlar bor, biroq u "Telegram"ni sotmoqchi emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Telegram" asoschisi Pavel Durov "WhatsApp" va "Facebook"ni tanqid qildi