Ucell bayram kunlarida ba’zi xizmatlar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi

Ucell mobil aloqa operatori Yangi yildagi bayram kunlarida, qo‘ng‘iroqlar sifatini yaxshilash va SMS-xabarlarni o‘z vaqtida etkizish maqsadida, ba’zi xizmatlar vaqtinchalik to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqida kompaniya saytiga asoslanib, “daryo.uz” nashri xabar bermoqda.
2014 yil 31 dekabr soat 12:00 dan 2015 yil 2 yanvar soat 17:00 gacha quyidagi xizmatlardan foydalanib bo‘lmaydi:
- «SMS-Jadval»;
- «SMS ni boshqa raqamga yo‘naltirish»;
- «SMS-Avtojavob»;
- «SMS Filtr-Qora ro‘yxat»;
- «SMS-Taxallus»;
- «Do‘stim hisobidan SMS».
2014 yil 31 dekabr soat 22:00 dan 2015 yil 1 yanvar soat 04:00 gacha quyidagi xizmatlardan foydalanib bo‘lmaydi:
- «Kim qo‘ng‘iroq qildi?»;
- «Men aloqadaman»;
- «Ovoz pochtasi»;
- «Menga qo‘ng‘iroq qil»;
- «Men kimman?».
2014 yil 31 dekabr soat 22:00 dan 2015 yil 1 yanvar soat 04:00 gacha quyidagi xizmatlardan foydalanib bo‘lmaydi:
- Hisobni *100# – *109# orqali tekshirish;
- Tizim xabarlari (hisob to‘ldirish va xokazo).
2014 yil 31 dekabr soat 22:00 dan 2015 yil 1 yanvar soat 04:00 gacha Kompaniyaning qo‘shimcha xizmatlariga ulanish uchun USSD-so‘rovlardan foydalanib bo‘lmaydi.
Ucell o‘z mijozlaridan kerakli hollarda qo‘shimcha xizmatlarni oldindan ulashni so‘ragan. «SMS Jadval» xizmati doirasidagi oldindan mo‘ljallab qo‘yilgan SMS-xabarlar o‘z vaqtida yuborilishi qayd etilgan.
Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun abonentlardan uzr so‘ragan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing