3 916
Smartfon kameralari "jangi": "Huawei" rahbari "Xiaomi"ning bayonotiga munosabat bildirdi
"Xiaomi"ning "Mi Mix 3" flagman slayder-smartfoni taqdimoti vaqtida kompaniya rahbari uning kamerasi "Huawei P20 Pro"nikidan ko‘ra yaxshiroq ekani haqida ig‘voli fikr bildirdi.
Shunga qaramay, "Huawei P20 Pro" smartfoni kamera sifati bo‘yicha "DXOMark" reytingida ham birinchi o‘rinda turibdi.
Ushbu reytingda "Xiaomi Mi Mix 3" uchinchi o‘rinni "Samsung Galaxy Note 9" va "HTC U12+" bilan bo‘lishgani holda, "iPhone XS Max"dan ham ortda.
Mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan peshqadamlikka qaramay, "Huawei"ning iste’mol bo‘linmasi rahbari Richard Yu "Xiaomi" bilan bahsga kirishdi.
U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozuv qoldirdi: “Yaqin vaqt ichida birorta smartfon "Huawei P20 Pro"dan o‘zib keta olmaydi. Bizdan faqat o‘zimiz o‘zib ketishimiz mumkin”.
Taqdimoti bahorda bo‘lib o‘tgan "Huawei P20 Pro" uch kamerali ilk smartfonga aylangan va shu zahoti smartfon kameralari bo‘yicha reyting peshqadami bo‘lgan edi.
Yaqinda namoyish etilgan "Mate 20 Pro" ham uch kamerali, lekin u nisbatan kuchliroq chipsetda ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi