"Apple" kompaniyasi o‘zining eskirgan va foydalanishdan chiqarilgan mahsulotlari ro‘yxatini yangiladi. Ushbu ro‘yxatdan bundan olti yil avval chiqarilgan "iPhone 5" smartfoni ham o‘rin oldi.
"iPhone 5" endi AQSh va Turkiyada eskirgan, jahonning qolgan mamlakatlarida esa foydalanuvdan chiqarilgan telefon sifatida tasniflanadi. Bu turkumga odatda ishlab chiqarishdan olinganiga ko‘pi bilan besh yil va kamida yetti yil to‘lgan mahsulotlar kiritiladi.
Bu qurilmalar uchun "Apple" ortiq qurilmaviy ta’minot xizmatini ko‘rsatmaydi, oddiy til bilan aytganda, ular endi "Apple"ning rasmiy vakillari tomonidan ta’mirlab berilmaydi.
"iPhone 5" smartfoni taqdimoti 2012 yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan. Uning dizayni avvalgi smartfonlardan sezilarli farq qilardi. Alyuminiy korpusli ushbu qurilma 4 dyuymli ekranga ega, LTEni qo‘llab-quvvatlardi.
Bundan tashqari, "iPhone 5" 30 kontaktli eski konnektordan "Lightning" slotiga o‘tkazilgan "Apple"ning ilk smartfoniga ham aylangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»