Freedom House nohukumat tashkiloti an’anaviy «Internetdagi erkinlik» tadqiqoti natijalarini e’lon qildi, deb yozadi «Sof.uz».
«Internetdagi erkinlik» reytingi dunyoning 65 mamlakatida ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish asosida tuziladi. Ushbu mamlakatlarda barcha internet foydalanuvchilarining 87 foizi yashaydi.
Anketa 21 ta asosiy va 100 ga yaqin qo‘shimcha savollarni o‘z ichiga oladi, ular internetga kirish bilan bog‘liq muammolar, kontentning cheklanishi, foydalanuvchilar huquqlarining buzilishi kabi uchta mezonga taalluqli.
Har bir savol bo‘yicha muayyan ballar beriladi, ushbu ballar qanchalik past bo‘lsa, internet shunchalik erkinroq demakdir (0—30 ball — erkin internet, 31—60 ball — qisman erkin, 61—100 ball — erkin emas).
O‘zbekiston reytingda 75 ball to‘pladi. Bu «Yevrosiyo» guruhidagi eng past ko‘rsatkichdir. Ammo ekspertlar mamlakatda global tarmoq rivojlanishida kichik progressni qayd etdi. Rossiya 67 ball bilan O‘zbekistonga yaqin pog‘onada joylashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»