Samsung moslashuvchan ekranli smartfonini namoyish qildi (foto, video)

Samsung moslashuvchan ekranli smartfonini namoyish qildi (foto, video)
Samsung ikkiga buklash mumkin bo‘lgan smartfon prototipini namoyish qildi. Taqdimot 7 noyabr kuni ishlab chiqaruvchilar konferensiyasida bo‘lib o‘tdi. YouTube’da jonli translyatsiya uzatildi.

Moslashuvchan displey Infinity Flex texnologiyasida ishlangan bo‘lib, ekran diagonali ochiq holatida 7,3 dyuymni tashkil qiladi. Samsung yaqin oylarda moslashuvchan displeylarni ommaviy ishlab chiqarishga start berishni rejalashtirmoqda.
Samsung moslashuvchan ekranli smartfonini namoyish qildi (foto, video)
Foto: Twitter

Videoda Samsung vakili nomsiz smartfonni namoyish qildi. U qurilmaning rasmiy taqdimot sanasiga aniqlik kiritmadi, faqat bu tez orada kutilayotganini qayd etdi. CNBC ma’lumotiga ko‘ra, Google’ning Android ishlanmalar bo‘yicha prezidenti Deyv Berk moslashuvchan ekranli Samsung smartfoni 2019 yilda taqdim etilishini aytgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar