O‘tgan hafta Manchesterda sayyoradagi eng kuchli neyromorfik superkompyuter o‘z faoliyatini boshladi. Manchester universiteti mutaxassislari 2006 yildan buyon uning ustida ishlayotgandi.
Gigant yagona maqsad – inson ongi vazifasini takrorlash, ommaviy parallel ma’lumotni qayta ishlash uchun yig‘ilgan.
Ushbu funksiyani texnik qayta ishlab chiqarish olimlar duch kelgan asosiy muammolardan biri bo‘ldi.
Superkompyuter bir millionta protsessor yadrosidan iborat va bir soniyada 200 trillionta operatsiyani bajarishga qodir. Bu kuch impuls neyron tarmog‘i orqali nazorat qilinadi – bugungi kunda u eng rivojlangan va fiziologik nuqtai nazardan realistik sun’iy aql texnologiyasi.
Manchester universiteti ishlab chiquvchilaridan biri Stiv Fyorberning so‘zlariga ko‘ra, ularning avlodlari odatiy kompyuterlarning ishlash tamoyilini takrorlaydi:
“Aslida biz an’anaviy kompyuter emas, inson miyasi kabi yuqori bosqichda ishlaydigan mashinani yaratishga muvaffaq bo‘ldik – bu juda qiziqarli voqea”.
Kompyuter sakson ming neyronning neyrokorteks modeli yaratilishi uchun allaqachon ishga tushirilgan. Murakkab landshaftda harakatkanish uchun vizual ma’lumotni qabul qila oladigan robotni boshqarish ham unga topshirilgan.
Shunga qaramasdan, barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan zamonaviy texnologiya mahsuli 100 mlrd neyronga ega inson miyasi potensialining bir foiziga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”