
Facebook kompaniyasining Messenger’ida jo‘natilgan xabarlarni o‘chirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondnet.net»ga tayanib Daryo.uz xabar berdi.
Messenger’ning yangi imkoniyatidan bir nechta mamlakatdagi iOS va Android smarfonlari egalari foydalanishi mumkin.
Kompaniya tomonidan ta’kidlanishicha, dasturchilar qisqa vaqt ichida yangilanishni bpshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘lishi ustida ishlamoqda.
Yangi vazifa yordamida jo‘natilgan matnli xabarlarni yoki suratlarni o‘chirish mumkin. Biroq imkoniyat faqat jo‘natilganiga 10 daqiqa bo‘lmagan xabarlar uchun amal qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar