Xitoyda Gmail pochta xizmati bloklab qo‘yildi


Xitoy hukumati mamlakat hududida Google korporasiyasining Gmail pochta xizmatini bloklab qo‘ydi. Bu haqda Reuters’ga asoslanib TASS xabar bermoqda.
GreatFire.org tashkiloti vakilining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy bu harakati bilan shunchaki Google kompaniyasining mamlakatdagi faoliyatini yo‘qotishga qaratilgan ishlarini davom ettirmoqda.
Pekin shu usul bilan Gmail’ning xitoylik foydalanuvchilarini boshqa pochta xizmatlariga o‘tishiga erishmoqchi ekanligi qayd etilgan.
Manba: Daryo.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…