Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi informatika bo‘yicha o‘quv dasturini qayta ko‘rib chiqish uchun IT-Nation loyihasini boshladi. Loyiha maktab bitiruvchilarini axborot texnologiyalari sohasidagi kasblarda ishlashlari uchun kerakli bilimlar bilan tayyorlashga qaratilgan. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov GDG-Tashkent — DevFest festivali ochilishida e’lon qildi.
Axborot texnologiyalari sohasi dunyoda eng tez rivojlanayotgan sanoatlardan biridir. O‘zbekiston AKT sohasida mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqara oladigan, eksport qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashga o‘z diqqatini qaratishi kerak, deb hisoblagan vazirlik informatika fani o‘quv dasturi va darsliklarini zamonaviy talablarga javob berishi uchun qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“IT-sanoati yoshlarga katta imkoniyatlar taqdim etadi va ular ish topishlari, maktabni bitirganlaridan so‘ng internet orqali, mamlakatni tark etmasdan, munosib pul ishlashlari mumkin. Hozirda bir necha universitetlar bu sohada mutaxassislar tayyorlamoqdalar, lekin xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda dasturlash asoslarini bolalar maktabdan boshlashlari lozim, — dedi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi