30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, AKT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rniga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazadi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, operatorlar va provayderlar ishtirok etadilar.
«O‘zbektelekom» AK matbuot xizmati xabar berishicha, anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining internet tarmog‘iga chiqish narxlarini pasaytirish, shuningdek ulanish tezligini oshirish va 2020 yilga kelib MDH davlatlari darajasigacha ko‘tarishdek topshiriqlarini bajarish bo‘yicha «O‘zbektelekom» AKning hisobotini taqdim etiladi.
O‘tgan 10 oy mobaynida «O‘zbektelekom» AKda zarur bo‘lgan yaxshilanishlar tizimli tahlil qilindi, kerakli qurilmalar sotib olindi, dastur-jadval ishlab chiqilib, tashqi kanal o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish va operatorlar, provayderlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun internetga chiqish tezligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Anjuman aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi operatorlari va provayderlari o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi, chunki barcha tomonlarning hamkorligisiz innovatsion rivojlanish haqida so‘zlash mumkin emas.
Kompaniya tomonidan telegram-bot ishga tushirildi, bu yerda kompaniyaga bajargan ishlar haqida har qanday savol berish mumkin. Eng yaxshi savollar mualliflari ushbu tadbirga taklif etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi