22:32 / 27.11.2018
5 125

AKT vazirligi: O‘zbekiston internetini 1 dekabrdan qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

AKT vazirligi: O‘zbekiston internetini 1 dekabrdan qanday o‘zgarishlar kutmoqda?
30 noyabr kuni O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatda internet tezligini oshirish borasida amalga oshirilgan texnik ishlar yuzasidan hisobot tadbirini o‘tkazadi. Anjuman haqidagi axborot “O‘ztelekom” saytida joylashtirildi.

Xabarnomada aytilishicha, anjumanda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Unda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, operatorlar va provayderlar ishtirok etadilar.

Ushbu xabarnoma e’lon qilinganidan so‘ng jurnalistlar va blogerlar orasida “anjumanga jurnalistlar taklif etilmaydi, yopiq tadbir bo‘ladi” kabi gap-so‘zlar tarqaldi. Buni aniqlashtirish maqsadida Turon24 vazirlik vakillari bilan bog‘landi.

Vazirlik xodimasi Kamilla Muminova bu kabi gap-so‘zlar asossizligini bildirib, barcha asosiy ommaviy axborot vositalariga taklifnomalar yuborilishini bildirdi. Shuningdek, uning aytishicha, qatnishishni istovchilar “reg.teda.uz” saytida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Oldinroq, 1 dekabr kunidan e’tiboran O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobar oshishi xabar qilingan edi. 30 noyabr kungi hisobot tadbiri davomida shu yo‘nalishda olib borilgan texnik ishlar haqida ma’lumot beriladi.

Turon24ning vazirlikdagi manbasi internet tezligining aholi uchun oshirilishi ko‘p jihatdan provayderlarga bog‘liqligini ma’lum qilgan edi. Tilga olingan tadbirda qaysi provayderlar tezlik oshishiga texnik tayyorgarlikni yakunlagani, qaysilari esa hali tayyor emasligi aytilishi ham kutilmoqda.

Shuningdek, Kamilla Muminovaning bildirishicha, modernizatsiya ishlari hisobotidan tashqari, 1 dekabrdan e’tiboran mamlakatda internet xizmatlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi ham oshkor etiladi. Bu o‘zgarishlar xizmatlar narxiga oidmi, xizmat ko‘rsatishning boshqa jihatlariga oidmi – vazirlik vakili bunday tafsilotlarni anjumanga qadar oshkor etmaslikni ma’qul ko‘rdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AKT vazirligi: O‘zbekiston internetini 1 dekabrdan qanday o‘zgarishlar kutmoqda?