date
views 3 481

Xakerlar istalgan ayfonni ochishning narxini ma’lum qilishdi

Xakerlar istalgan ayfonni ochishning narxini ma’lum qilishdi
DriveSavers kompaniyasi barcha xohlovchilarga istalgan avloddagi iPhone’ni ochib berishni taklif qilmoqda. Kompaniya ushbu xizmati uchun 3900 dollar so‘ramoqda.

Bu taklif smartfonning parolini unutganlar yoki oilasining vafot etgan a’zosi gadjetiga kirmoqchi bo‘layotganlar uchun dolzarb hisoblanadi.

Kompaniyada bu maqsadda bungacha faqatgina huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘llangan yangi texnologiyadan foydalaniladi. Kompaniyada texnologiyani huquq-tartibot idoralariga yordam berishda qo‘llamaslikka va’da berilgan. Bu yo‘l bilan kontaktlar va sms-xabarlardan tortib foto va videolargacha bo‘lgan barcha ma’lumotlarni tiklash mumkin.

Biroq bundan avval barcha mijozlar smartfonga egalik qilish huquqlarini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar istalgan ayfonni ochishning narxini ma’lum qilishdi