Raqamli texnologiyalar yordamida real hayotni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldiruvchi, qo‘shimcha reallikka ega jarrohlik – kelajak emas, balki hozirgi zamonga xos va u jadal rivojlanmoqda. Italiyaning Piza universiteti olimlari operatsiyalarni amalga oshirishda yanada aniqlikka erishish maqsadida vizuallashtirishning yangi platformasi ustida ish olib borishayapti. Bu operatsiya jarayonlariga ketadigan vaqtni tejashga yordam beradi. Ular ushbu loyihani "Vostars" deb nomladilar.
“Bu yerda voqelik – albatta operatsiya qilinadigan joy, jarroh operatsiya qilayotgan mijoz anatomiyasidir, – deydi loyiha tashkilotchisi Vinchesto Ferreri. – Biz bu voqelikka o‘sha mijozning radiologik suratlari orqali olingan virtual axborotni qo‘shamiz. Umuman olganda, jarrohlar uchun vizuallashtirish platformasi ular ishini nafaqat osonlashtiradi, balki ayrim hollarda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoni bo‘lmagan axborotning vizuallashtirilishi boshqa usulda sira imkoni bo‘lmaydigan operatsiyalarni amalga oshirishga yordam beradi”.
Maxsus “ko‘zoynak” jarrohga bemor tanasiga ichdan nazar solish imkonini beradi. Biroq bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish emas: operatsiya stolidagi tana ustiga MRT va KT-skanerlash orqali olingan ichki organlar 3D-xaritasi joylashtiriladi. Maxsus dastur esa operatsiya vazifasiga qarab rang belgilarini qo‘yadi.
“Ishimiz davomida nuqsonlarni yoki uning noto‘g‘ri shakllanganini tuzatish maqsadida tez-tez yuz skeletiga o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri keladi. Joyning o‘zida aniqlik va simmetriyani kafolatlovchi ko‘rinishni vizuallashtirish imkoniyati juda qimmatlidir”, – deb ta’kidladi Blonedagi Sant’Orsola universiteti shifoxonasi jag‘-yuz jarrohi Jovanni Variali.
2019 yil oxiriga qadar "Vostars" platformasi Italiyada va Germaniyada uchta klinik sinovdan o‘tishi lozim, jarrohlar ixtiyoriga esa uni 2022 yilda berish rejalanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi