Internetga “Yandeks” kompaniyasi 5 dekabrda taqdim qilishi kutilayotgan “Yandeks. Telefon” smartfoni haqidagi ma’lumotlar chiqib ketdi. Qurilmaning ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumot elektronika va maishiy texnika sotuvchi yirik kompaniyalardan biri saytida paydo bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbu sahifa o‘chirib tashlangan, biroq uni Google keshida ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 8 yadroli protsessor, 5,65 dyyumli displey, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira oladi. Doimiy xotirani microSD kartalari yordamida oshirish mumkin.
Qurilma LTE tarmoqlarida ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi, tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi va kichik masofalarda ma’lumotni simsiz uzatish texnologiyasi – NFC moduli evaziga kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshira oladi. Qurilmaning akkumulyatori 2970 mA-soatni tashkil qiladi. Ma’lum qilinishicha, smartfonning asosiy kamerasi 16+5 Mpli qo‘sh kamera, old kamerasi esa 5 Mpli bo‘ladi. Asosiy kamera ostida barmoq izi skaneri joylashadi.
Smartfon, shuningdek, quvvatlash va ma’lumotlarni uzatish uchun USB-C porti va quloqchinlar uchun 3,5 mmli raz’yom bilan jihozlanadi. Smartfonning narxi 17990 rublni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi