22:22 / 09.12.2018
3 543

Xitoy Huawei direktori hibsga olinishi sababli AQSH elchisiga norozilik bildirdi

Xitoy Huawei direktori hibsga olinishi sababli AQSH elchisiga norozilik bildirdi
Xitoy tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Le Yuychen 9 dekabrda AQSHning Xitoydagi elchisini chaqirtirib, AQSH soʻrovi bilan Kanadada Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouning ushlanishi sababli unga qatʼiy norozilik bildirdi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, Xitoy AQSHdan Men Vanchjouning hibsga olinishiga soʻrovini zudlik bilan qaytarib olishini talab qilmoqda.

“AQSHning bunday harakatlari Xitoy fuqarosining qonuniy huquqlari va manfaatlarini jiddiy buzadi va juda yomon xatti-harakat hisoblanadi. Xitoy shu munosabat bilan oʻz noroziligini bildiradi va AQSHni yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish boʻyicha choralar qabul qilib, Xitoy fuqarosini hibsga olishga orderini bekor qilishga chaqiradi”, deyilgan xabarda.

“Xitoy AQSH harakatlariga mos ravishda keyingi javob choralarini ishlab chiqadi”, deb qoʻshimcha qilgan Xitoy vakili.

Avvalroq Le Yuychen Kanadaning Xitoydagi elchisi bilan uchrashuvda Huawei moliyaviy direktorining zudlik bilan ozod etilishini hamda uning qonuniy huquqlari va manfaatlariga amal qilinishini kafolatlashni talab qilgan. “Aks holda bu oʻz ortidan ogʻir oqibatlarni keltirib chiqaradi va bunga Kanada tomoni toʻliq javobgar boʻladi”, deb aytgan Le Yuychen.

Huawei Technologies kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vanchjou 1 dekabrda Vankuverda ushlangan. Men Vanchjou firibgarlik, xususan, AQSH sanksiyalarini chetlab oʻtgan holda Eron bilan ishlaganlik ayblovlari sababli AQSH murojaati bilan hibsga olingan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy Huawei direktori hibsga olinishi sababli AQSH elchisiga norozilik bildirdi