16:48 / 20.12.2018
5 923

"Google" soxta fotosurat yaratuvchi neyrotarmoqni kashf qildi

"Google" soxta fotosurat yaratuvchi neyrotarmoqni kashf qildi
"Google" soxta fotosurat yaratuvchi neyrotarmoqni kashf qildi. Neyrotarmoq faoliyati videolavhada ko‘rsatilgan – u bir vaqtning o‘zida ham hayron qolarli, ham qo‘rqinchli. Kompyuterda yaratilgan portretlar haqiqiysidan deyarli farq qilmaydi. Qolaversa, ko‘pchilik surat soxta ekanligini darhol ajrata olmaydi deb yozadi Turon24 AA.

Shunga o‘xshash boshqa loyihalarda bo‘lgani kabi ishlab chiqaruvchilar generativ-raqobatlashuvchi GAN (Generative Adversarial Network) neyrotarmog‘idan foydalangan. Uning bir qismi rasmlar generatori sifatida ishlaydi, ikkinchi qismi esa uning ideal natija namunasi bilan o‘xshashligini baholaydi. Namuna sifatida CelebA-HQ mashhurlar fotosuratlari to‘plamidan foydalanilgan. U taxminan 30 mingta suratdan iborat, shu sababli ishlab chiqaruvchilarda tajriba uchun suratlar yetishmovchiligi bo‘lmagan.

“Noyob sifatga” erishish uchun neyrotarmoq dastlab past o‘lchamli tasvirlarni yaratgan. Ish sifati yaxshilangach dasturchilar yuqori sifatli yangi qatlamlarni qo‘shgan.

"NVIDIA neyrotarmog‘i insonlarga taqlid qiluvchi yagona tizim emas. 2017 yilning may oyida "DeepMind" tomonidan inson nutqini ideal tarzda takrorlovchi "WaveNet" loyihasi taqdim qilingan edi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar insonlar his-tuyg‘ularini tushunuvchi va ifoda etuvchi robotlar yaratishni takomillashtirmoqda", deb xabar bermoqda “hi-news”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Google" soxta fotosurat yaratuvchi neyrotarmoqni kashf qildi