date

Samsung Galaxy S7 30 daqiqada toʻliq quvvat olish imkoniga ega boʻladi

Samsung Galaxy S7 30 daqiqada to‘liq quvvat olish imkoniga ega bo‘ladi

Samsung kompaniyasining 2016 yil mart oyida taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy S7 smartfoni iPhone 6s kabi bosish kuchini aniqlaydigan displeyga ega bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Bundan tashqari, unga o‘ta tezkor quvvatlash imkonini beruvchi USB Type-C porti o‘rnatiladi. Bu qurilmani 30 daqiqada to‘liq quvvatlashga imkon yaratadi. Yangi smartfon o‘zidan avvalgi versiyadan farqli ravishda qo‘shimcha xotira slotiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, qurilma telefon korpusidan bo‘rtib chiqmagan yaxshilangan kameraga ega bo‘ladi.

Taxminlarga ko‘ra, Samsung odatdagidek Galaxy S7 smartfonining ekrani bukilgan Edge versiyasini ham taqdim etishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S7 30 daqiqada toʻliq quvvat olish imkoniga ega boʻladi