
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi taxlanuvchi ekranli moslashuvchan televizorini patentladi. «Rollable display device» («Moslashuvchan displey qurilmasi») nomini olgan ishlanma patentida televizor vertikal bo‘yicha o‘ziga xos tuguncha shaklida taxlanishi qayd etilgan.
Taxlangan televizorni ikki tomon modullarini harakatga keltirib ochish mumkin. Samsung 8—11 yanvar kunlari Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasida shunday televizor prototipini namoyish qilishi kutilmoqda.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, taxlanuvchi televizor modeli ustida ishlayotgan LG kompaniyasi bu borada Samsung’ga munosib raqib bo‘la oladi. Kompaniya o‘z prototipini 2018 yilning yanvarida namoyish qilgandi, biroq Samsung ishlanmasidan farqli o‘laroq, LG televizori ekrani pastga qarab taxlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar