Malayziyaning Salam Web Technologies startapi musulmonlar uchun mo‘ljallangan birinchi brauzerni namoyish etdi. Ilova o‘tgan yili paydo bo‘lgan bo‘lib, unga endigina e’tibor qaratildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Mualliflarning fikricha, SalamWeb internetda bexatar syorfing qilish uchun mo‘ljallangan. Ilova ochiq mazmundagi va musulmonlarni tahqirlovchi materiallarni to‘sadigan filtrlarga ega. Masalan, brauzer foydalanuvchiga pornografiya va qimor o‘yinlari bilan bog‘liq saytlarni ko‘rsatmaydi. SalamWeb ilovasi Windows, Mac, iOS va Android tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.
— Biz internetni yaxshiroq qilmoqchimiz. U yaxshi va yomonga bo‘linadi, bizning brauzerimiz yaxshi internetga yo‘l ochadi, - dedi Salam Web Technologies vakili Hasni Zarina.
Ayni vaqtda SalamWeb Malayziya va Indoneziyada yashovchi musulmonlarga mo‘ljallangan kompaniya kelgusida yer yuzidagi musulmon aholining 10%ini o‘z ilovasiga o‘tkazmoqchi. Bloomberg agentligining yozishicha, hozirda jahondagi musulmonlar soni 1,8 mlrd nafarga yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi