Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yong‘in o‘chiruvchi kvadrotsikl yaratildi.
“Uz Dong Yang Ko” qo‘shma korxonasida takomillashtirilgan ushbu vosita avtomashina harakatlanishi uchun eng noqulay hisoblangan yo‘llarda ham bemalol yura oladi. Ayniqsa, shahar sharoitidagi tirbandliklar, tor ko‘chalarda manzilga kirib borish uning uchun cho‘t emas.
— Kvadrotsikl 100 litr hajmli suv sig‘imi, kichik motopila, 16 metr shlang, mobil aloqa vositasi, ovozkuchaytirgich, sirena bilan ta’minlangan, — deydi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Jasurbek Karimov. — Shuningdek, undan joylarda patrul xizmatini, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda ham foydalansa bo‘ladi. Shu bois uni “Yong‘in o‘chirish patruli” deb nomladik.
Bugina emas, “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati bilan ham yangi moslama vujudga keldiki, uning natijasida yong‘in paytida 5 kishi tomonidan amalga oshiriladigan yumushlar bir kishi tomonidan bajarilishiga erishildi. Bu ishni tez va sifatli tashkil qilish imkonini beryapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi